Arturni "Yuventus"ga ko'chib o'tishiga kim ko'ndirgani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 398
Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Dani Alves Arturni Turinga ko'chib o'tishida muhim rol o'ynagani ma'lum bo'ldi. Avvaliga braziliyalik futbolchi Kataloniyani tark etishdan bosh tortgan. Lekin, Alves futbolchiga o'zi ham mana shu yo'nalish orqali yurganini tushuntira olgan.
Alves Artur bilan bir necha marotaba suhbatlashgan. Mana shu suhbatlardan so'ng, braziliyalik yosh futbolchi «Yuventus»ga o'tishga qaror qilgan.
Shuningdek, Arturni Turinga ko'chib o'tishida "Yuventus" futbolchilari Duglas Kosta va Aleks Sandrolar ham qisman o'rin tutgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!