«Chelsi» Torresni o'z safiga qo'shib olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 745
Londonning «Chelsi» klubi Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi futbolchisi Pau Torresga jiddiy qiziqish bildirmoqda. 23 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsumda ko'rsatayotgan ajoyib o'yini londonliklarga ma'qul kelmoqda.
Torresning rasmiy transfer narxi 45 million evroni tashkil etadi. Shuningdek, unga «Barselona» va «Arsenal» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Himoyachi «Vilyarreal» tarbiyalanuvchisi sanalada. U o'z o'yinlari orqali Ispaniya terma jamoasidan ham joy oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!