Pogba va Fernandesh mashg'ulotda to'qnashib ketib, jarohat olishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1569
«Manchester Yunayted» yarim himoyachilari Pol Pogba va Brunu Fernandesh jarohat olishdi. Bu haqda "Mirror" xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, frantsiyalik va portugaliyalik futbolchilar mashg'ulot paytida tasodifan to'qnashib ketishdi. Shundan so'ng har ikki o'yinchi mashg'ulotni muddatidan avval tark etishdi. Ularning jarohat qay darajada ekani hozircha aniq emas, ammo ma'lumotlarga qaraganda, Fernandesh jiddiyroq jarohat olgan.
Tibbiy ko'rikdan keyin ularning holatiga baho beriladi. Ularning «Bornmut»ga qarshi o'yindagi ishtiroki so'roq ostida turibdi.
«Manchester Yunayted» — «Bornmut» uchrashuvi 4 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!