Habib Nurmagomedovning otasi vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 498
Engil vazndagi UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanop Nurmagomedov vafot etdi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o'zining telegramdagi kanali orqali xabar tarqatdi.
«Qayg'uli xabar mengacha etib keldi. Abdulmanap Nurmagomedov bu dunyodan ko'z yumdi. Butun chechen xalqi nomidan Abdulmanap Magomedovich oilasiga hamdardlik bildiraman», — deya yozadi Qodirov.
Abdulmanop Nurmagomedov uzoq vaqtdan buyon Moskvadagi shifoxonalarning birida koma holatida yotgan edi. Uning organizmida koronavirus aniqlangan hamda uning yuragi operatsiya qilingan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!