APL. «Tottenhem» safarda uchta gol o'tkazib mag'lub bo'ldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266
Angliya Premer Ligasining 32-turida «Tottenhem» 2 iyul, payshanba kuni «Sheffild Yunayted»ga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi, biroq birinchi bo'lib mezbonlar hisobni ochdi. Sander Berge 31-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda Lis Musse va Oliver Makbernining gollaridan so'ng «Sheffild» hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.
Asosiy vaqtning so'nggi daqiqasida «shporlar» bitta gol urishga erishdi, gol muallifi — Harri Keyn.
Shu tariqa ushbu g'alabadan keyin «Sheffild Yunayted» ochkolarini 47 taga etkazib oldi va 7-o'ringa ko'tarildi. Joze Mourino shogirdlari esa 45 ochko bilan 9-pog'onaga tushib ketdi.
APL, 32-tur bahsi
2 iyul, payshanba
«Sheffild Yunayted» — «Tottenhem» 3:1
Gollar: 1:0 – 31 Berge, 2:0 – 69 Musse, 3:0 – 84 Makberni, 3:1 – 90 Keyn.
«Sheffild Yunayted»: Henderson, Boldok, Igan, Robinson, Stivens, Osborn, Berge, Norvud, Bashem, Makgoldrik (Musse, 63), Makberni (Frimen, 90).
«Tottenhem»: Loris, Ore (Ndombele, 71), Sanches, Devis (Vertongen, 81), Dayer, Lukas Moura, Sissoko (Alli, 71), Bergveyn (Lamela, 56), Lo Chelso, Son Hyon Min, Keyn.
Ogohlantirishlar: Norvud (39), Makberni (89).