Superliga. "Paxtakor" ishonchli tarzda "Surxon"ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300
O'zbekiston Superligasi 7-turidan o'rin olgan "Paxtakor" hamda "Surxon" jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. Toshkentdagi "Markaziy" o'yingohida kechgan uchrashuvda maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchdi.
"Paxtakor" birinchi bo'lib o'z darvozasidan gol olib chiqishiga qaramay, keyinchalik 3 bor raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishdi.
Superliga, 7-tur
"PAXTAKOR" - "Surxon" 3:1
Gollar: Hamdamov 38, Sobirxo'jaev 38, Cheran 66 - Kasyan 23-pen
Ogohlantirishlar: Egor Krimets (45), Abror Ismoilov (90+2) — Aziz Ibragimov (90+1)
"Paxtakor": Suyunov, Alijonov, Anzur Ismoilov, Krimets (S), Sayfiev (Komilov 83), Hamrobekov, Sobirxo'jaev, Hamdamov, Cheran (Abrorbek Ismoilov 70), Masharipov, Derdiyo'q (Sergeev 79).
"Surxon": To'raev, Hojiakbarov, Berdimurodov (Shaydulov 55), Karimov (Sardor Sulaymonov 72), Salomov (Xusniddin G'ofurov 55), Kasyan, Hasanov (Ibragimov 78), Aliev, Mehmonov, Stanoevich, A.G'afurov (Muhammad-ali Abdurahmonov 78).
Hakamlar: E.Tursunov, H.Shodmonov, A.Burov, I.Ilin.
Nazoratchi: M.Ismoilov.
Komissar: R.Ilyasov.
Manba: www.stadion.uz.