Orif Tolipovdan anons: Mourino nouneymga qarshi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 411
“Chelsi”ning mag'lubiyati Londonning boshqa bir klubini bugungi o'yinda g'alabaga yanada chog'lantirishi lozim. “Tottenhem”ning avvalgi bosh murabbiyi uchun aynan “Sheffild”ga qarshi o'yin APLdagi so'nggisi bo'lganini ko'pchilik eslolmasa ham kerak. Boisi, iste'fo sababi 1:1 hisobida tugagan uchrashuvning deyarli aloqasi yo'q. Pochettino haqida u ishidan ayrilgan vaqtda ko'p gaplashdik. Hozir jamoa Joze Mourino bilan birga ChL yo'llanmasi uchun kurash olib bormoqda. Bu kurashda chigalliklar ko'p. Bahs so'nggi turlarga qadar davom etishi mumkin. Albatta har bir jamoaning kurash yo'li turli va uning uzunligi yo'ldagi to'xtash nuqtalariga bog'liq. Aniqroq aytilsa har bir alohida o'yindagi natijalar.
Ammo, hammasi oson emas, “Sheffild” joriy mavsumdagi murakkab klub. Restart o'ta omadsiz kelgan bo'lsada, Kris Uaylder jamoasini engil baholamaslik lozim. Garchi murabbiy hali nouneym bo'lsada, bu o'yindagi g'alaba ChL yo'llanmasiga “Sheffild”ni “Tottenhem”dan ko'ra yaqinroq qilishi uning futbolchilariga ham kam motivatsiya bermaydi, albatta.
APL. 32-tur
“Sheffild Yunayted” – “Tottenhem”
Soat 22:00, Futbol TV