Rasman. Ashraf Hakimiy «Inter»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 641
«Real» himoyachisi Ashraf Hakimiy faoliyatini «Inter»da davom ettiradigan bo'ldi. 21 yoshli futbolchi "neradzurri" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Avvalroq «Real» marokashlik futbolchining transferi uchun 40 mln evro olishi, Hakimiyning yillik maoshi esa 5 mln evroga teng bo'lishi xabar tarqatilgan edi.
Shuningdek, "Qirollik klubi" Ashrafni qayta sotib olish huquqiga ega bo'lmaydi.
Hakimiy «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 17ta o'yinda ishtirok etib, 2ta gol urdi va bitta golga uzatma berdi. So'nggi ikki mavsumni u ijara asosida Dortmundning "Borussiya" klubidi ijara asosida o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!