Villian APLda bunday natija qayd etgan dastlabki futbolchiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 358
"Chelsi" yarim himoyachisi Villian Angliya chempionatining 32-turi doirasida bo'lib o'tgan "Vest Xem"ga qarshi o'yinda 2ta gol muallifiga aylandi.
"Squawka" tarqatgan xabarga ko'ra, 31 yoshli futbolchi barcha oylarda (yanvardan — dekabrgacha) gol urgan APL tarixidagi ilk o'yinchiga aylangan.
Ma'lumot o'rnida. Angliya chempionati koronavirus pandemiyasi tufayli 3 oylik tanaffusga chiqib, iyun-iyul oylarida so'nggi tur o'yinlari o'tkazilmoqda. Avval bu oylarda APL uchrashuvlari o'tkazilmagan. Villian iyun oyida "Manchester Siti", iyulda esa "Vest Xem" darvozasiga gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!