4 iyul kuni Birinchi liga yangi mavsumiga qur'a tashlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 394
4 iyul, shanba kuni soat 15:00 da “Bunyodkor” stadioni anjumanlar zalida Birinchi liganing yangi mavsumi uchun qur'a tashlanadi. Eslatib o'tamiz, unda 14 klub ishtirok etadi va ikki davra mobaynida, uy-safar tizimida jami 26 ta tur bahslari bo'lib o'tadi. Birinchi ligada g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa Pro liga yo'llanmasini qo'lga kiritadi. Ikkinchi o'rinni egallagan jamoa esa Pro liganing ettinchi jamoasiga qarshi bir o'yindan iborat uchrashuvda ishtirok etadi.
Ishtirokchi jamoalar
“Andijon-2”
“Aral”
“Bunyodkor-2”
“Jizzax-Bars”
“Lokomotiv-BFK”
“Navbahor-2”
“Paxtakor-2”
“Paxtakor-79”
“Rubin”
“Yangier”
“Yashnobod”
“Zirabuloq”
“G'ijduvon”
“Chig'atoy”.
Manba: pfl.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!