«Milan» murabbiyi: «O'zimni qurbonlik uchun atalgan qo'zichoqdek his qilmayapman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 244
Italiyaning «Milan» klubi bosh murabbiyi Stefano Pioli uning o'rnini germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik egallashi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
«Men haqiqiy professional kabi ishlayapman, chunki, o'z futbolchilarimni yaxshi ko'raman. Matbuotda yozilayotgan hech bir xabar meni tashvishga solmayapti. Men bor e'tiborimni hozirgi vaziyatga qaratganman. kelajakda nima bo'ladi? Ko'ramiz nima bo'lishini.
Men tarqatilayotgan mish-mishlar haqida o'ylamayapman va o'zimni qurbonlik uchun atalgan qo'zichoqdek his qilmayapman. «Milan»dek jamoani menga ishonib topshirishganidan faxrlanaman. Men o'z ishimni vijdonan bajaryapman», - dedi Pioli.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!