Dilyaver Vaniev: “Elementar xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 300
Cuperliganing 7-tur doirasidagi "Qo'qon-1912" - "Mash'al" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida muborakliklar ustozi Dilyaver Vaniev ishtirok etdi.
– O'yin haqida aytadigan bo'lsam, taassurotlarim turlicha. Bahsga munosib tayyorgarlik ko'rgandik. Ammo elementar xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik. Birinchi gol o'tkazib yuborgan vaziyatda ham xatomiz qimmatga tushdi. Biz gol urganimizda boshqacha bo'lardi. Balki penalti ham bo'lmas edi. Oddiy holatlarda to'pni yo'qotdik.
Xatolar ustida ishlaymiz va natijalarni yaxshilashga harakat qilamiz. Juda ko'p ochko yo'qotdik. Menga hozir gapirish juda og'ir. “Qo'qon-1912” jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman.
O'yinlar oralig'idagi uch kunlik farq borasida aytadigan bo'lsam, bu normal holat.
Futbol emotsional sport turi. Texnik xududda xayajonsiz turishning iloji yo'q. Mening o'rnimda bo'lgan har qanday odam mendek hayajonlanishi mumkin edi. Yosh murabbiy sifatida bunday his tuyg'ularga berilishim odatiy hol deb o'ylayman.
Manba: Qo'qon-1912 matbuot xizmati