Sanening "Bavariya"dagi maoshi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488
«Manchester Siti» hujumchisi Leroy Sane «Bavariya» bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Sky Germany xabar bermoqda.
Sanening Myunxen klubidagi yillik maoshi 17 million evroni tashkil qiladi. Manbaning xabariga ko'ra, nemis klubi futbolchi uchun bonuslardan tashqari, taxminan, 50 million evroni «Manchester Siti» g'aznasiga o'tkazib beradi.
Eslatib o'tamiz, Leroy o'tgan yozda «Bavariya»ga ko'chib o'tishga yaqin edi, ammo jarohati tufayli kelishuv amalga oshmay qolgandi. O'shanda Myunxen klubi vinger uchun 100 million evrodan ko'proq to'lashga rozi bo'lgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!