Ronaldu: «Shunday ruhda davom etish kerak»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 503
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Jenoa»ga qarshi o'yinga o'z munosabatini bildirdi. Eslatib o'tamiz, 3:1 hisobida turinliklarning g'alabasi bilan yakunlagan o'yinda Ronaldu bitta gol muallifiga aylandi.
«Muhim bo'lgan yana 3 ochko! Shunday ruhda davom etish kerak», — deya yozdi Ronaldu Instagram orqali.
«Yuventus» A seriya jadvalida 72 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa 2-o'rindagi «Latsio»dan 4 ochko oldinda bormoqda.
Ronaldu Italiya chempionatining joriy mavsumida 25ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol urdi va 4ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!