"Yuventus" darvozaboni faoliyatini "Atalanta"da davom ettirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 323
"Yuventus" darvozaboni Mattia Perin "Atalanta" jamoasining qiziqish doirasiga tushdi, deya xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Manbaning xabariga ko'ra, "Atalanta" darvoza chizigini kuchaytirmoqchi va 27 yoshli italiyalik darvozabonni sotib olish niyatida.
Xabar qilinishicha, 2020 yilning qishidan beri "Jenoa"da ijarada to'p surayotgan futbolchining o'zi yozda jamoasini o'zgartirmoqchi.
2019/20 yilgi mavsumda Perin "Jenoa" safida 12 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol o'tkazib yubordi.
Manba: Corriere dello SportFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!