A seriya. «Latsio» Turin klubi ustidan irodali g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 408
Italiya chempionatida 2-o'rinni egallab turgan «Latsio» klubi safarda «Torino» mehmoni bo'lib, irodali g'alabani qo'lga kiritdi.
Mezbonlar bahsning 5-daqiqasidayoq penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Andrea Belotti undan samarali foydalanib, hisobni ochdi.
«Latsio» esa ikkinchi bo'lim boshida Chiro Immobile tomonidan yo'llangan aniq zarba evaziga muvozanatni tikladi. O'yint tugashiga 17 daqiqa qolganida Marko Parolo rimliklarga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Ushbu g'alabadan keyin «Latsio» ochkolarini 68taga etkazib, peshqadam «Yuventus» bilan farqni 1 ochkoga etkazdi.
Italiya A seriyasi, 29-tur
Torino – Latsio 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 5, penalti Belotti, 1:1 – 48 Immobile, 1:2 – 72 Parolo.
Torino – Sirigu, Ayna (Edera, 70), Voynovich, Bremer (Milliko, 80), de Silvestri (Ansaldi, 59), Lukich (Djidji, 80), Meyte, Verdi (Berenger, 59), Rinkon, Nkulu, Belotti.
Latsio – Strakosha, Radu, Gabarron (Anderson, 90), Acherbi, Latstsari (Bashtush, 90), Luis Alberto, Parolo, Milinkovich-Savich, Xoni Rodriges (Lukaku, 59), Kaysedo (Korrea, 59), Immobile.
Ogohlantirishlar: Immobile (4), Kaysedo (29), Verdi (45), Lukaku (74).