«Valensiya» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 390
44«Valensiya» klubi bosh murabbiy Albert Seladesni iste'foga chiqarganini e'lon qildi. Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko'ra, mavsum oxiriga qadar murabbiylik vazifasini Voro Gonsales bajaradi.
«Klub Albertga o'z ishiga bo'lgan sadoqati uchun minnatdorchilik bildiradi. So'nggi 7 mavsum ichida jamoamiz ilk marta Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqdi. Biz Seladesga kelajakdagi ishlariga omad tilaymiz», — deyiladi klub tarqatgan bayonotda.
«Valensiya» Ispaniya chempionatining joriy mavsumida 46 ochko to'plagan holda jadvalda 8-o'rinni egallab turibdi. Jamoa EChLga yo'llanma beruvchi o'rindan 8 ochko ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!