Simeone "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone "Barselona" bilan o'yin oldidan matbuot bilan suhbatlashdi. "Matraschilar" Ispaniya La Ligasining 33-turida "Barca" bilan o'ynaydi (30 iyun, Toshkent vaqti bilan 01:00).
"Men "Barselona"dagi mojaro haqida eshitdimmi? Bu voqeaga ahamiyat bermayman, men o'z jamoam haqida o'ylayman.
Biz "Barselona" bilan ko'p o'yin o'tkazganmiz va uslubimizdan voz kechmoqchi emasmiz. Himoyada ehtiyot bo'lamiz va o'rta chiziqni to'ldiramiz. Bizda dunyoning eng yaxshi futbol jamoasiga qarshi bahs bor, uning tarkibiga Chempionlar Ligasini yutgan taniqli futbolchilar kiradi. Bizga qiyin bo'ladi, chunki "Barselona" g'alaba qozonishga odatlangan", — dedi Diego Simeone.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!