So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
A seriya. «Inter» qiyin g'alabaga erishdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 635

Italiya chempionatining 28-turi doirasida "Inter" safarda "Parma" klubi mehmoni bo'lib, juda qiyin g'alabani qo'lga kiritdi.
Mezbonlar uchrashuvni faol boshlab, 15-daqiqada Jervinoning goli evaziga hisobni ochishdi. "Inter" esa vaziyatni o'nglash uchun naq 70 daqiqa urinishga to'g'ri keldi. Uchrashuvning 84-daqiqasida Stefan de Vrey hisobni tenglashtirgan bo'lsa, oradan 3 daqiqa o'tib Bastoni "neradzurri"ga g'alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi.
Antonio Konte jamoasi ushbu g'alaba tufayli o'z ochkolarini 61taga etkazib, 3-pog'onada bormoqda.
Italiya A seriyasi, 28-tur
Parma – Inter 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 15 Jervino, 1:1 – 84 de Vrey, 1:2 – 87 Bastoni.
Parma – Sepe, Lorini (Darmian, 86), Dermaku (Redjini, 77), Brunu Alvesh, Galolo (Petstsella, 46), Kulusevski, Skotstsarella (Ernani, 55), Kutska, Kurtich, Jervino (Brugman, 86), Kornelius.
Inter – Xandanovich, D`Ambrozio, de Vrey, Godin (Bastoni, 73), Kandreva (Mozes, 69), Barella, Galyardini, Biragi (Yang, 69), Eriksen (Sanches, 69), Lukaku, Martines (Valero, 89).
Ogohlantirishlar: Martines (27), Dermaku (30), Galyardini (49), Kutska (49), Godin (71), Kurtich (88), Mozes (90).
Chetlatishlar: Berni (68), Kutska (85).