«Atalanta» o'z rekordini yangiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 296
«Atalanta» klubi Italiya chempionatining 28-turi doirasida «Udineze»ga qarshi bo'lib o'tayotgan uchrashuvda Duvan Sapataning goli evaziga hisobni ochdi.
Mazkur gol bergamoliklar uchun A seriyaning joriy mavsumidagi 78-gol bo'lib, bu «Atalanta» uchun yangi rekord hisoblanadi. Italiyada joriy mavsum yakunlanishiga 10ta tur o'yinlari bor bo'lib, jamoa o'z rekordini yangilab borish imkoniyatiga ega.
«Atalanta»ning avvalgi 5ta mavsumda urgan gollari soni quyidagicha bo'lgan edi:
2014/2015 — 38;
2015/2015 — 41;
2016/2017 — 52;
2017/2018 — 57;
2018/2019 — 77.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!