Flik «Bavariya» bilan ajoyib mavsumni o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 251
Bundesliganing so'nggi turida «Bavariya» safarda «Volfsburg» ustidan yirik hisobdagi g'alabaga erishdi — 4:0.
Xans-Diter Flik boshqaruvidagi myunxenliklar mavsumning ikkinchi davrasida 51 imkoniyatdan 49 ochko to'pladi. Urilgan va o'tkazib yuborilgan gollar farqi — +44.
"Opta" tarqatgan xabarga ko'ra, bu Bundeligasining ikkinchi qismi uchun rekord natija hisoblanadi. Avvalgi rekord ham «Bavariya»ning o'ziga tegishli bo'lib, jamoa 2012/13 yilgi mavsumda ham 49 ochko jamg'argan, lekin o'shanda to'plar farqi +43 bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!