Martinelli operatsiya qilindi. U uchun mavsum yakunlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 425
«Arsenal» hujumchisi Gabriel Martinelli chap tizzasida jarrohlik amaliyotini o'tkazdi. Bu haqida London klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, 19 yoshli futbolchi endilikda 2019/20 yilgi mavsumning qolgan qismida «to'pchilar»ga yordam bera olmaydi.
Martinelli 21 iyun, yakshanba kuni «Arsenal» mashg'ulotlarida jarohat olgan. Braziliyalik futbolchi 2019 yildan beri ingliz klubi sharafini himoya qilib keladi. U ushbu mavsumda Premer Liganing 14 o'yinida maydonga tushib, o'z nomiga 3 ta gol yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!