La liga. «Sevilya» ketma-ket uchinchi o'yinda durang qayd etdi (viedosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 238
La liga jadvalida 4-pog'onani egallab turgan «Sevilya» o'z uyida «Valyadolid»ni qabul qilib, zo'rg'a mag'lubiyatdan qutulib qoldi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida mezbonlar Olivasning goli evaziga hisobni ochishdi. Shundan so'ng andalusiyaliklarning urinishlari bahs tugashiga 7 daqiqa qolganida samara berdi. "Valyadolid" darvozasi tomon penalti belgilandi va uni Okampos aniq amalga oshirdi.
Shu tariqa, «Sevilya» ketma-ket uchinchi o'yinda durang qayd etmoqda. Lopetegi shogirdlari endi nafaqat "Atletiko"dan orqada qolib ketishlari mumkin, balki keyingi pog'onalarda kelayotgan "Xetafe", "Vilyaerral" va "Real Sosedad" kabi klublar EChL yo'llanmasi uchun imkoniyat taqdim etishlari mumkin.
Ispaniya chempionati, 32-tur
Sevilya – Valyadolid 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 25 Olivas, 1:1 – 83, penalti Okampos.
Sevilya – Vatslik, Navas, Kunde, Eskudero, Diego Karlos, Banega, Vaskes (En-Nesiri, 66), Fernando (Jordan, 46), Okampos (Roni Lopesh, 90), de Yong (Suso, 46), Munir.
Valyadolid – Masip, Raul Garsiya, Olivas, Sanches, Antonito, Ben-Arfa (Alkaras, 59), San-Emeterio, Ervias (Plano, 76), Michel (Unal, 75), Valdo Rubio (Nacho Martines, 69), de la Fuente (Kike Peres, 76).
Ogohlantirishlar: Fernando (12), Kunde (58), Vaskes (60), Ervias (71), Sanches (82).