A seriya. «Yuventus» bir kishi kam bo'lib qolgan «Lechche»ga imkon qoldirmadi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488
Italiya chempionatining 28-turini "Yuventus" va "Lechche" jamoalari o'rtasidagi o'yin boshlab berdi.
Birinchi davrada autsayder jamoa maydonidagi uchrashuvda durang qayd etilgan edi. "Lechche" bu safar raqibiga bir bo'lim qarshilik qila oldi. 31-daqiqada Fabio Luchoni dastlab to'pni oldirib, so'ngra darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqayotgan Bentankurga nisbatan fol ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.
Ikkinchi bo'limda turinliklar raqib darvozasiga javobsiz 4ta to'p yo'llashdi. Krishtianu penaltidan unumli foydalandi hamda 2ta golga assistentlik qildi.
Ushbu g'alabadan keyin «Yuve» 69 ochko bilan 2-o'rindagi «Latsio»dan 7 ochkoga ilgarilab ketdi.
Italiya A seriyasi, 28-tur
Yuventus – Lechche 4:0 (0:0, 4:0)
Gollar: 1:0 – 53 Dibala, 2:0 – 62, penalti Ronaldu, 3:0 – 83 Iguain, 4:0 – 85 de Ligt.
Yuventus – Shchensni, Matyuidi, Bonuchchi, de Ligt, Bentankur (Remzi, 68), Kuadrado, Rabo (Duglas Kosta, 52), Pyanich, Bernardeski (Muratore, 77), Ronaldu, Dibala (Iguain, 77).
Lechche – Gabriel, Donati, Luchoni, Rispoli, Vera (Kalderoni, 78), Taxtsidis, Petrichchone (Rossettini, 46), Mankozu (Barak, 72), Shaxov, Falko (El-Babakar, 62), Pas.
Ogohlantirish: Bentankur (38).
Chetlatish: Luchoni (31).