Kevin de Bryuyne APLda 2015 yildan beri yana bir ko'rsatkich bo'yicha peshqadamlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 241
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Angliya Premer Ligasining 31-turidan o'rin olgan «Chelsi»ga qarshi uchrashuvda (1:2) jarima zarbasini aniq amalga oshirib, o'z nomiga gol yozdirib qo'ydi.
Bu belgiyalik futbolchi uchun 2015 yildan beri Premer Ligada jarima maydonchasi tashqarisidan urilgan 16-gol bo'ldi.
De Bryuynening ko'rsatkichi ushbu davr mobaynida APLda harakat qilayotgan futbolchilar o'rtasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
Ma'lumot o'rnida, de Bryuyne joriy mavsumda Premer Liganing 29 uchrashuvida maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!