Diyor Mirzaboev: «Menimcha, durang adolatli natija bo'ldi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 186
"So'g'diyona" - "Andijon" (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar murabbiyi Diyor Mirzaboev o'z fikrlarini bildirdi.
— "So'g'diyona" oxirgi ikkita o'yinda O'zbekistonning etakchi klublarini mag'lub etganini barcha biladi. O'z maydonlarida ko'p hujum qilishlarini taxmin qilib himoyaviy o'yin tashkil etdik. Qarshi hujumda raqibni jazolashga urindik. Menimcha, durang adolatli natija bo'ldi. Yutqazishimiz ham mumkin edi, birinchi taymda Usmonovda, Ibe vaziyatlardan unumli foydalanishganida umuman boshqacha vaziyat bo'lardi.
— Bosh murabbiy Viktor Kumikov negadir hamon qaydnomadan o'rin olmayapti. Buning sababi nima?
— Bu savolni menga emas, klub rahbariyatiga bersangiz to'g'riroq bo'lardi. Menga ma'lum bo'lishicha, PFL bilan hujjat bo'yicha muammolarimiz bor. Bundan tashqari Kumikovning PRO litsenziyasi muddati o'tib qolgan, yaqin orada litsenziya muddatini yangilaydi.
— "Andijon" klubida moliyaviy muammolar bormi?
— Hozirgi kunga kelib futbolchilar oldida hech qanday qarzdorlik yo'q.