O'zbekiston U19 nazorat o'yinida «Bunyodkor»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 200
Xabaringiz bor, oktyabr oyida mamlakatimiz U19 Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ayni kunlarda Timur Kapadze boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur musobaqaga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda.
Toshkentda tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida yoshlarimiz «Bunyodkor» o'rinbosarlari bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Biroz avval yakuniga etgan bahsda U19 O'zbekiston terma jamoasi 3:0 hisobida ishonchli tarzda g'alaba qozondi.
Nazorat o'yini
O'zbekiston U19 - «Bunyodkor» (o'rinbosarlar tarkibi) - 3:0
Gollar: Ulug'bek Hoshimov, Ibrohim Ibragimov, Davron Anvarov
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!