Alisher Nikimbaev "Liverpul" g'alabasi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 428
O'zbekistonlik mashhur futbol mutaxassisi Alisher Nikimboev o'zining tvitterdagi rasmiy sahifasida Angliyaning "Liverpul" klubi qo'lga kiritgan chempionligi haqida fikr qoldirdi.
"Liverpul" oxirgi marta chempion bo'lganidan beri Peter Shmeyxel "MYu"ga ko'chib o'tib besh marta Angliya chempionligini qo'lga kiritdi, o'g'lnini tarbiya qildi va Kasper Shmeyxel ham APL g'olibligini qo'lga kiritishga ulgurdi"-deb post qoldirdi Alisher Fayzullaevich.
Kecha bo'lib o'tgan "Chelsi" hamda "Manchester Siti" (2:1) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin Yurgen Klopp shogirdlari APL chempionligini rasman qo'lga kiritishdi. "Liverpul" klubi so'nggi marotaba 1989/1990 yilgi mavsumda Angliya chempionligini qo'lga kiritgandi
Eslatib o'tamiz, Alisher Nikimbaev "Manchester Yunayted" klubining ashaddiy muxlisi hisoblanadi.
S tex por, kak Liverpul stal chempionom v posledniy raz, Peter Shmeyxel pereshyol v Manchester Yunayted, stal chempionom pyat raz, vospital siina, kotoriiy toje stal chempionom Anglii. pic.twitter.com/avZpJFZrr5
— Alisher Nikimbaev (@nikimbaev) June 25, 2020