Xames qaysi klubga o'tishni xohlayotgani ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 789
Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges Madridning «Atletiko» klubiga o'tish niyatida ekanligi haqida Radio Marte radiosi xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, kolumbiyalik futbolchi faoliyatini La Ligada davom ettirish niyatida. «Atletiko» - Xamesga qiziqish bildirayotgan Ispaniyadagi yagona jamoa hisoblanmoqda.
Avvalroq, Xames uchun asosiy davogar Angliyaning «Everton» klubi ekanligi haqida xabar tarqatilgandi.
Barcha fikrlar: 1
Islom
O'tmidi atletikoga kamida aplga o'ynidi
26 Iyun 2020, 12:03
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!