«Bavariya» Xavertsni sotib olish uchun bir futbolchisini sotmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 505
Myunxenning «Bavariya» klubi «Bayer» futbolchisi Kaya Xavertsni sotib olish uchun jiddiy bel bog'lagan. Ushbu futbolchini sotib olish uchun myunxenliklarga kamida 80 million evro kerak bo'ladi.
Nemis matbuotining tarqatgan ma'lumotiga qaraganda, «Bavariya» ushbu transferni amalga oshirish uchun Tyago Alkantarani sotish niyatida. Myunxenliklar ispaniyalik futbolchining transferidan 60 million evro ishlab olishmoqchi.
Avvalroq Alkantaraning xizmatiga «Liverpul» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqatilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!