Lempard "Manchester Siti"ni qanday mag'lub etganini tushuntirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 315
London klubi kecha APL 31-turida "Manchester Siti" ustidan muhim g'alabaga erishdi. Birinchidan, klub bu g'alaba orqali Chempionlar ligasi yo'llanmasiga ancha yaqinlashdi. Ikkinchidan, "Liverpul"ni muddatidan avval chempionga aylantirdi. Lempard o'yindan keyin "shaharliklar"ni qanday mag'lub etganini tushuntirdi.
«Maydonning har bir qismida ishlashimiz kerak edi. Himoyada yaxshi harakat qildik va imkoniyatlardan foydalandik.
Bizda o'yinga qadar to'pni nazorat qilishda ishonch yuqori edi, ammo o'yin vaqtida qiyin vaziyatlar yuzaga keldi. Ular maydon markazida yaxshi harakat qilishdi, tanaffusda esa ko'p narsalarni o'zgartirishimiz kerak edi.
Ikkinchi bo'limning dastlabki 20 daqiqasi qiyin kechdi, ammo o'ylashimcha, haqli g'alabaga erishdik", dedi Lempard.«Chelsi» endi "Lester"dane bir ochko ortda bormoqda.
Manba: football24.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!