APL. «Arsenal» safarda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403
Angliya chempionatining 31-turi doirasida "Arsenal" safarda "Sautgemton" klubi mehmoni bo'lib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
Bahsning 20-daqiqasida Edvard Nketia londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Golgacha ham, undan keyin ham ustunlik "kanonirlar" tomonida bo'ldi.
Boz ustiga, o'yin tugashiga 6 daqiqa qolganida mezbonlar futbolchisi Stivens maydondan chetlatildi. "Arsenal" belgilangan mazkur jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobdagi farqni oshirdi. Uillokning zarbasini "Sautgempton" posboni qaytara olmadi.
Ushgbu g'alaba tufayli "Arsenal" o'z ochkolarini 43taga etkazib, jadvalda 9-o'ringa ko'tarilib oldi.
Angliya premer-ligasi, 31-tur
Sautgempton – Arsenal 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 20 Nketia, 0:2 – 86 Uillok.
Sautgempton – Makkarti, Bednarek, Stivens, Valeri (Uoker-Piters, 46), Bertran, Xeyberg (Vestergor, 90), Armstrong, Redmond, Uord-Prouz, Ingz (Romeu, 90), Obafemi (Long, 46).
Arsenal – Martines, Mustafi, Tirni (Kolashinats, 70), Xolding, Belerin, Djaka, Sebalos (Meytlend-Naylz, 80), Pepe (Uillok, 64), Nketia (Lyakazett, 79), Obameyang, Saka.
Ogohlantirishlar: Mustafi (11), Saka (47).
Chetlatish: Stivens (85).