Superliga. «Lokomotiv» ketma-ket uchinchi o'yinda yutqazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 377
Superligada 6-tur uchrashuvlari start oldi. Turning markaziy uchrashuvi «Bunyodkor» stadionida bo'lib o'tdi.
«Bunyodkor» navbatdagi poytaxt derbisida «Lokomotiv»ni qabul qildi. Qiziqarli uchrashuvda kiritilgan ikkita gol o'yin taqdirini hal qildi. Aytish kerak, bellashuvda "qaldirg'ochlar" ustunlik qildi. Ayniqsa, to'p nazorati va darvoza oldida yaratilgan xavfli vaziyatlar bo'yicha futbolchilarimiz yaxshiroq harakat qilishdi. Birinchi gol 19-daqiqada mehmonlar darvozasidan joy oldi. Jamoaning turkmanistonlik yarim himoyachisi Selim Nurmuradov 25 metrlardan kutilmagan zarba yo'llab, Nesterov darvozasini ishg'ol qilgan bo'lsa, ikkinchi bo'limning 29-daqiqasida Shahboz Erkinov To'xtasinov tomonidan chap qanotdan etkazib berilgan to'pni darvozaga to'g'irlab, uchrashuvga nuqta qo'ydi.
SOCA COLA SUPERLIGA. 6-TUR
«BUNYoDKOR» – «LOKOMOTIV» - 2:0 (1:0)
25 iyun. Toshkent. «Bunyodkor» stadioni.
Bosh hakam: Akobirxo'ja Shukurullaev.
Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov.
Zaxiradagi hakam: Husan Muzaffarov.
Nazoratchi: Sardor Najafaliev.
Komissar: Sherzod Rajabov.
«Bunyodkor»: Sarvar Karimov, Islomjon Qobilov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Jasurbek Jaloliddinov (Farrux Ikromov, 57), Rasul Yo'ldoshev (Anvar G'ofurov, 78), Lutfulla To'raev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To'xtasinov, Abdulla Abdullaev, Selim Nurmuradov (Suhrob Izzatov, 71), Shahboz Erkinov (Humoyun Murtazoev, 78).
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Shahzod Shaymanov, Davronbek Umirov (Ibrohim G'anixonov, 66), Kaxi Maxaradze (Javohir Alijonov, 78), Vadim Afonin, Kirill Pogrebnyak (Kamron Saidazimov, 66), Temurxo'ja Abduxoliqov, Davronbek Hoshimov, Dilshodjon Komilov (Farruxjon Ibrohimov, 71), Shuhrat Muhammadiev (Oybek Qilichev, 78), Sherzod Fayziev.
Gollar: Selim Nurmuradov, 19 - 1:0. Shahboz Erkinov, 74 - 2:0.
Ogohlantirishlar: Sanjar Qodirqulov, 39. Islomjon Qobilov, 45. Davronbek Hoshimov, 45. Shahzod Shaymanov, 67.