«Monako» bugun Jardimni bosh murabbiy etib tayinlaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 15896
Leonardu Jardim “Monako”ga qaytishga yaqin turibdi.
44 yoshli mutaxassis va uning agenti Jorje Mendesh 24 yanvar kuni monegasklar vitse-prezidenti Vadim Vasilev bilan 2 yillik shartnoma imzolashga kelishib oldi.
Knyazlik klubi Jardimni bugun bosh murabbiy sifatida e'lon qilishi mumkin. Portugaliyalik murabbiy uch oydan keyin sobiq jamoasiga qaytadi, Terri Anri esa iste'foga chiqariladi.
Anridan tashqari, “Monako”ni sport direktor Maykl Emenalo ham tark etadi. Vasilev “Chelsi”ning sobiq direktorining transferlar siyosatida noto'g'ri qaror chiqargani uchun bo'shatishga qaror qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!