«Qo'qon-1912» yana yirik hisobda g'alaba qozondi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 249
Bugun Qo'qondagi "Markaziy" stadionida Coca-Cola superligasining 6-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Surxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning ilk daqiqalaridan mezbonlar faollik ko'rsatishdi. Biroq ilk xavflini navoiyliklar yuzaga keltirishdi. 15-daqiqada mehmonlar hisobni ochishga yaqin kelishdi. Qo'qonliklar darvoza ustuni goldan saqlab qoldi.
18-daqiqada Sobit Sindarovning kuchli zarbasini raqib posboni katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 23-daqiqada Berdievning jarima maydonchasiga oshirilgan to'pini raqiblar qaytarishdi. 36-daqiqada "Qo'qon-1912" tomonidan amalga oshirilgan kombinatsiya Berdievning noaniq zarbasi bilan tugadi. Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida har ikki jamoa bir qator vaziyatlarga ega bo'lishlariga qaramay, tanaffusga qadar hisob ochilmadi.
Ikkinchi bo'limni maydon egalari shiddatli tarzda boshlashganiga qaramay, 47-daqiqada ularning darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga kelgandi. Botir Ergashev ajoyib harakati "Qo'qon-1912"ni goldan saqlab qoldi. 50-daqiqada esa hisob ochildi. Ajoyib kombinatsiya, ketma-ket zarbalar va Rayevats uchinchi zarbada raqib posbonini ojiz qoldirdi.
68-daqiqada raqiblarimiz jarima maydonchasi ichida Shohnazar Norbekovga qarshi qo'pollik ishlatishdi. Bosh hakam penalti belgiladi. Penaltini esa Murod Xolmuhammedov aniq amalga oshirdi. 80-daqiqada mehmonlarda yaxshi imkoniyat vujudga kelgandi. Botirali Ergashev o'zini ko'rsatdi.
O'yinning so'nggi daqiqasida Suhrob Berdiev jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib hisobni yiriklashtirdi. Shu tariqa, "Qo'qon-1912" navbatdagi g'alabani qo'lga kiritishdi.
Coca Cola superligasi, 6-tur
"Qo'qon-1912" - "Surxon" – 3:0 (0:0)
Gollar: Filip Rayevats (51), Murod Xolmuhammedov (70 pen), Suhrob Berdiev (90+4).
“Qo'qon-1912”: 1. Botirali Ergashev, 3. Boburjon Akbarov, 4. Sobit Sindarov (14. Avazxon Mamatxo'jaev – 87), 7. Shohnazar Norbekov (19. Hamidillo Abduhamidov-79), 9.Suhrob Berdiev, 10. Quvondiq Ro'ziev (91. Yakuba Bamba – 87), 15. Oybek Rustamov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 33. Ivan Yosovich, 69. Filip Rayevats (20. Iqboljon Malikjonov – 69), 70. Murod Holmuhammedov.
"Surxon": 1. Asilbek Amanov, 2. Abduqaxxor Xojiakbarov, 5. Vladimir Bubanya, 7. Husniddin G'ofurov (21. A'zamjon Aliev – 66), 10. Shavkat Salomov (17. Sardor Sulaymonov – 82), 11. Aleksandr Kasyan (38. Muhammad-Ali Abdurahmonov -82), 19. Nuriddin Hasanov (8. Sherzod Karimov – 66), 20. Husniddin G'ofurov, 32. Jaxongir Mexmonov, 44. Darko Stanoevich, 77. Asror G'ofurov.
Hakamlar: Aziz Asimov, Timur Galeev, Doniyor Saylavov, Alisher To'xtasinov.
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Komissar: Laziz Qo'chqarov.