"Liverpul" bugun APL chempioni bo'lishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 618
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Kristal Pelas"ga qarshi o'yindagi g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirdi. "Qizillar" raqibni 4:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishdi.
"O'tgan yili bizda chempion bo'lish imkoniyati bor edi, ammo keyin" Manchester Siti" chempionlikni qo'lga kiritdi, chunki ular ajoyib mavsumni o'tkazishdi. Endi biz birinchi o'rindamiz. Premer-ligani yutish vaqti keldi.
"Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvdagi o'yinimizdan mamnunman. Biz ajoyib futbol namoyish etdik va g'alaba qozonishga loyiq edik”, — dedi Saloh.
Bugun "Manchester Siti" "Chelsi"ga qarshi o'yinda ochko yo'qotgan taqdirda "Liverpul" muddatidan oldin Angliya chempioni bo'lishi mumkin.
Manba: football24.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!