Aguero Barselonada operatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 231
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Aguero Barselonada tezkor operatsiya qilindi.
Mundo Deportivo nashrining xabariga ko'ra, operatsiya juma kunga rejalashtirilgan edi, biroq shifokorlar operatsiyani bugun o'tkazishga qaror qilishdi. Hozircha, Agueroning tiklanishiga qancha vaqt ketishi ma'lum emas.
Eslatib o'tamiz, Serxio Aguero Angliya chempionatining 30-turi doirasida bo'lib o'tgan "Byornli"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat oldi.
Ma'lumot uchun, hujumchi joriy mavsum 32ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!