"Real "Xamesni qo'yib yuborishni istamagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 456
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges o'tgan yili jamoadan ketishi mumkin bo'lgani haqida gapirdi. Unga Xitoy klubidan taklif bo'lgan, biroq "Real" uni qo'yib yubormagan.
"Menda taklif bor edi, qaysi klubdan ekanligini aytmayman, biroq "Real" meni qo'yib yubormadi. Ular meni boshqa klubga sotishni xohlashdi.
Shuningdek, Xitoydan ham taklif bo'lgandi. Shu zahotiyoq agentimga hali Evropada yuqori saviyada o'ynay olishimni aytganman", -deydi Xames.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!