Lionel Messi 33 yoshga to'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 243
"Barselona" klubi va Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi bugun — 24 iyun kuni 33 yoshga kirdi.
Leo 1987 yilda Argentinaning Rosario shahrida tug'ilgan. U "ko'k-anorranglilar" va "albiseleste" tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.
U "Barsa" safidagi quyidagi sovrinlarni qo'lga kiritgan:
Ispaniya chempioni — 10 marta;
Evropa chempionlar ligasi — 4 marta;
Ispaniya kubogi — 6 marta;
Ispaniya superkubogi — 8 marta;
Evropa superkubogi — 3 marta;
Klublar o'rtasidagi jahon chempioni — 3 marta.
Messi 6 martadan "Oltin butsa" (2010, 2012, 2013, 2017, 2018, 2019) va "Oltin to'p" (2009, 2010, 2011, 2012, 2015, 2019) sovrinlarini qo'lga kiritgan.
Ma'lumot o'rnida. Kecha Lionel "Barsa" safida barcha musobaqalar doirasida 250-assistni amalga oshirdi. Kataloniyaliklar safida uning gollari soni 699taga etgan.
Lionel Messi va uning muxlislarini tavallad ayyom bilan tabriklaymiz.