"Arsenal" Luis bilan yangi shartnoma imzolaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 247
TalkSport nashrining xabariga ko'ra, David Luis "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzolaydi. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi.
Ma'lumotlarga qaraganda, tomonlar yana bir yilga mo'ljallangan yangi shartnoma imzolaydi. Londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta qo'pol xatolarga yo'l qo'yishiga qaramay futbolchiga ishonishda davom etmoqda.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum himoyachi 33ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!