Villian va Pedro «Chelsi» bilan shartnomani uzaytirishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371
46Villian va Pedro "Chelsi" bilan yangi shartnomaga imzo chekishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Har ikki futbolchining shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga etar edi, ular esa joriy mavsum oxirigacha mo'ljallangan qisqa muddatli shartnoma imzolashdi. Shu tariqa, braziliyalik va ispaniyalik futbolchilar Chempionlar ligasi, Angliya kubogi va Angliya premer-ligasida "Chelchi"ga yordam berishadi.
Ushbu qisqa muddatli shartnoma yakunlanganidan keyin katta ehtimol bilan ular jamoani tark etishadi. Pedro "Roma" bilan kelishuvga erishgan bo'lsa, Villianga "Arsenal" va "Tottenxem" klublari qiziqish bildirishmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!