Seten chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 485
Kataloniyaning «Barselona» klubi La Liganing 31-turida «Atletik» klubini qabul qildi va navbatdagi uch ochkoni o'z hisobiga yozib qo'ydi. Kataloniyaliklar endilikda "Real"ni 3 ochko ortda qoldirmoqda, lekin madridliklar hisobida bitta zahira o'yin bor. Setenning fikriga ko'ra, hech kim Madrid haqida o'ylamayapti.
«Biz oldin qilgan ishimizni qilishda davom etishimiz kerak. Raqib o'yini haqida o'ylashimiz kerak emas. Biz ketma-ket beshta o'yindan beri gol o'tkazmayapmiz. O'sha o'tgan o'yinlarning faqatgina bittasida durangga erishdik, xolos. Umuman olganda, bu yaxshi harakat», – dedi «Barselona» bosh murabbiyi.
Kataloniyaliklar keyingi turni safarda «Selta» klubiga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!