«Parma» hujumchisi A Seriyada tarixiy xet-trik qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 415
Daniyalik futbolchi kutilmaganda A Seriyaning barcha afsonalarini ortda qoldirdi.
Italiyaning «Parma» klubi A Seriyaning 27-turida «Jenoa» klubini mag'lub etdi. Uchrashuv bosh qahramoni daniyalik Andreas Kornelius bo'ldi va u xet-trik qayd etdi.
Gap shundaki, daniyalik hujumchi bir mavsumda «Jenoa» klubiga qarshi ikki uchrashuvda ham xet-trik qayd etib, tarixdan o'rin oldi. Avval bu natijaga A Seriyada faqatgina ikki nafar futbolchi erishgan, xolos.
1957/58 yilgi mavsumda «Jenoa» darvozasini Kurt Xamrin uch martadan ishg'ol etgan bo'lsa, 2007/08 «Milan» hujumchisi Marko Borrello bir mavsumda «Udineze» darvozasi tomon ikki uchrashuvda uchtadan gol kiritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!