Frantsiya kubogi va Frantsiya liga kubogi final o'yinlari sanasi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 591
«PSJ» klubi ertaga, 22 iyun sanasidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Dushanba kuni futbolchilar tibbiy ko'rikdan o'tib, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha test topshirishadi.
«PSJ» rasmiy tarqatgan xabarga ko'ra, jamoa 24 iyul kuni Frantsiya kubogi finali doirasida «Sent-Eten», 31 iyul kuni esa Frantsiya liga kubogi finali doirasida «Lion» bilan to'qnash keladi.
Shundan so'ng Tomas Tuxel jamoasi Lissabonda bo'ladigan Evropa chempionlar ligasining yakuniy qismida ishtirok etadi. Chorak final o'yinlari 12-15 avgust kunlari o'tkaziladi.
Frantsiyada 2019/20 yilgi mavsum koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlandi. «PSJ» esa chempion deb e'lon qilindi. Liga 1ning yangi mavsum avgust oyi so'ngida start oladi.