Ozarbayjon chempionati muddatidan oldin yakunlandi. Gadoev jamoasi evrokuboklarda ishtirok etadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316
Ozarbayjon futbol federatsiyasi koronavirus tarqalish xavfi tufayli milliy chempionatni muddatidan oldin tugatishga qaror qildi.
Mamlakat chempioni va UEFAning klub musobaqalarida ishtirok etadigan jamoalari turnir jadvalidagi vaziyatga qarab belgilanadi.
Shu tariqa, "Qorabog'" Ozarbayjon chempioniga aylandi, u "Neftchi"dan sakkiz ochko oldinda edi. Uchinchi o'rinni "Keshlya" jamoasi egalladi.
Eslatib o'tamiz, xamyurtimiz Shoxrux Gadoev to'p surayotgan "Keshlya" jamoasi evrokuboklarda qatnashish uchun yo'llanmani qo'lga kiritdi.
Manba: www.stadion.uz.Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!