Dilyaver Vaniev: «Bir ochkoni qo'lga kiritdik»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 375
Coca Cola Superliga 5-turidan o'rin olgan "Mash'al" va "Nasaf" (0:0) jamoalari o'rtasidagi bahsdan keyin mezbonlar ustozi Dilyaver Vaniev o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
"Shaxsan men uchun "Nasaf" juda printsipial raqib hisoblanadi. "Nasaf"ga qarshi ikkinchi raqam ostida harakat qildik. Qarshiliklar qanot orqali yaxshi o'ynashdi. Yigitlarga rahmat aytaman, bugun ular ajoyib harakat qilishdi. "Surxon" bilan o'yinda darvozabon so'nggi daqiqalarda biroz bee'tiborlik qildi. Bugun esa jamoani juda ko'p vaziyatlarda qutqardi. Mamlakatimiz futbolidagi eng kuchli darvozabonlar "Mash'al" tarbiyalanuvchilari hisoblanadi. Hozirgi darvozabonimiz ham asta-sekin rivojlanib, o'sib boradi. "Mash'al" o'zbek futbolidagi eng katta akademiyalardan biri.
Yashirishga hojat yo'q, "Nasaf" o'yinda ustunlik qildi. Biz bir ochkoni qo'lga kiritishga erishdik", — deydi Vaniev.