Superliga. "Voha derbisi"da g'olib aniqlanmadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359
Superliga 5-turi doirasida Muborakda o'tgan «Voha derbisi»da «Mash'al» «Nasaf»dan ochko tortib oldi. Mazkur bahs nursiz durang bilan tugadi.
Natijada "Nasaf" 11 ochko bilan 2-o'ringa tushgan bo'lsa, "Mash'al" 6 ochko bilan 9-o'rinda qoldi.
Superliga. 5-tur.
21 iyun, yakshanba
«Mash'al» – «Nasaf» 0:0
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Rustam Choriev
«Mash'al»: 35.Rahimjon Davronov, 5.Najmiddin Normurodov, 6.Sirojiddin Rahmatullaev, 9.Nikita Pavlenko (99.Jahongirbek Abdusalomov, 90), 10.Sherzod Temirov, 11.Mo'minjon Meliev (77.Ibrohim No''monov, 80), 17.Jamoliddin Ubaydullaev, 18.Abbos Shodmonov, 22.Sirojiddin Qo'ziev (7.Ifeani Ifeani, 86), 23.Samandar Shukurillaev, 33.Denis Vasilev.
«Nasaf»: 21. Mashxurjon Muhammadjonov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev (15. Jo'rabek Mannonov, 79), 7. Dilshod Rahmatullaev (22. Akmal Mozgovoy, 69), 10. Bobir Abdixoliqov, 14. Sharof Muhitdinov, 20. Islom Kenjabaev (9. Xaris Dilaver, 65), 34. Sherzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov (50. Shoxmalik Komilov, 79), 88. Marko Stanoevich, 92. Umarbek Eshmurodov.
Manba: www.stadion.uz.