Risharlison "Barselona"ga o'tishga yaqin kelganini bilasizmi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 359
Angliyaning «Everton» klubi hujumchisi Risharlison qishda boshqa jamoaga o'tishi yaqin kelganini istisno qilmadi.
«Mavsum davomida menga «Barselona» va «Manchester Yunayted» klublaridan juda ko'plab takliflar tushdi.
Biroq, "Everton" meni o'z safida olib qolishni xohladi, men ham mavsum o'rtasida jamoamni almashtirishni xohlamadim. Jamoadoshlarimni mana shunday ahvolda tashlab ketish yaxshimas.
Albatta, «Barselona»dek buyuk klubdan taklif tushsa – o'zingni ahamiyatli insondek his qilasan. Biroq, o'ylaymanki, baxt ham muhim rol o'ynaydi», – dedi Risharlison Los Desimpedidos bilan suhbatda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!