Frantsiyada muxlislarning stadionga kirishiga ruxsat beriladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 291
Frantsiya hukumati 11 iyuldan mamlakatda jamoaviy sport turnirlarini o'tkazishga ruxsat berdi.
Ushbu qaror pandemiya ehtiyot choralarini bosqichma-bosqich yumshatish doirasida qabul qilindi. Qayd etilishicha, o'yingohlarga 5 ming nafardan ko'p bo'lmagan muxlislarning kiritilishiga ruxsat beriladi.
Xususan, Frantsiya kubogi va Frantsiya liga kubogi finali doirasidagi bahslar tomoshabinlar ishtirokida o'tkaziladi. Frantsiya chempionati yangi mavsumi boshlangach, tomoshabinlarning soni muntazam oshirib borilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Frantsiya chempionati o'yinlari koronavirus pandemiyasi sababli mart oyida to'xtatilib, «PSJ» chempionligi muddatdan avval e'lon qilingandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!