Bundesliganing joriy mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348
"Bavariya" futbolchisi Alfonso Devis Germaniya chempionatining joriy mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi. Bu haqda Bundesliga matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Ovoz berish natijalariga ko'ra, Alfonso "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Holand, "Shalke" himoyachisi Jonjo Kenni, "Borussiya M" forvardi Markus Tyuram va "Kyoln" vingeri Ismail Yakobslarni ortda qoldirdi.
Ma'lumot uchun, Devis "Bavariya"ga chempionlikni qo'lga kiritish uchun yordam berdi va u o'z tezligi bilan dunyo jamoatchiligini hayratda qoldirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!